Gretsiyada qo‘ylar galasi 100 kg nashani yeb qo‘ydi

Olam

image

Gretsiyada qo‘ylar galasi tibbiy nasha yetishtiriladigan issiqxonaga kirib, o‘simlik plantatsiyasini yeb qo‘ydi. Bu haqda “Greek Reporter”  xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yarmini suv bosgan Fessali tekisligida o‘tlayotgan qo‘ylar podasi dorivor nasha yetishtiruvchi fermerning issiqxona devorlarini buzib kirgan va ichkaridagi 100 kilogrammga yaqin nasha hosilini nobud qilgan. 

Fermerning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, hosilning bir qismi avvalroq, “Daniel” to‘foni tufayli zarar ko‘rgan. 

“Toshqinlardan keyin biz deyarli hamma narsani yo‘qotgan edik. Bu qo‘ylar undan omon qolgan hosilning kichik qismini ham yeb tashladi. Kulishni ham yig‘lashni ham bilmayman”, deydi u.

Qo‘ylarning kannabis issiqxonasiga bostirib kirishiga o‘t-o‘lanlar taqchilligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 sentyabr kuni Liviya va unga qo‘shni mamlakatlar hududining bir qismini “Daniel” to‘foni qamrab oldi va misli ko‘rilmagan talafotlar yetkazdi. Xususan, Gretsiyadagi ko‘plab yaylovlar, ayniqsa Saloniki tekisligini suv bosdi, chorva mollari ozuqasiz qoldi, ekin maydonlari payhon bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya issiqxona kannabis nasha qo'ylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing