Gretsiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Salomatlik

image

Gretsiyada joriy yilning 1 iyundan boshlab aholini koronavirusdan himoya qilish maqsadida silga qarshi vaksina bilan emlash boshlanadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, ushbu vaksina koronavirusga chalinish xavfini bir necha bor kamaytiradi.

Ushbu chora Milliy farmatsevtika agentligi tomonidan ma’qullangan. Ommaviy emlashlar Afina, Saloniki, Patras va boshqa Gretsiya shaharlarida o‘tkaziladi. Xabar berilishicha, Germaniya, Avstraliya va Niderlandiya ham xuddi shunday qadamlarni tashlagan.

Vaksinaning samaradorligi so‘nggi uch yil ichida o‘tkazilgan tadqiqotda isbotlangan. Olimlar BSG (silga qarshi vaksina) bilan emlangan odamlarning nafas olish yo‘llari infeksiyasini rivojlanish xavfi 80% ga kamligini aniqladilar.

“Maxsus vaksina mavjud bo‘lmaganda, silga qarshi kurash kabi umumiy himoya bilan ta’minlaydigan vaksinalar bilan kollektiv immunitetni rivojlantirish mumkin“, deydi Afina milliy universiteti patologiya va infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis, professor Evangelos Yamarellos.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, vaksina koronavirus uchun xavfli bo‘lgan fuqarolarni himoya qiladi.

Avvalroq, AQSH yuqumli kasalliklari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Entoni Fauchi koronavirusga qarshi vaksina noyabr oyida tayyor bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Vaktsina

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing