341 mlrd yevro: Gretsiya yana Germaniyadan tovon puli talab qildi

Olam

−

image

Gretsiya Prezidenti Konstantinos Tasulas Ikkinchi jahon urushi jinoyatlari uchun Germaniyadan yana tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda u kecha, 4 oktyabr kuni Lingiades qishlog‘ida sodir etilgan qirg‘inning 83 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotira marosimida so‘z ochdi.

Gretsiya Prezidenti mamlakatning Germaniyadan tovon puli undirish borasidagi talablarini yana bir bor tasdiqlagan. Shimoliy Gretsiyadagi Lingiades qishlog‘ida sodir etilgan qirg‘inning 83 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotira marosimida u Respublikaning da’volari hamon “faol, qonuniy va da’vo muddati tugamaganini” aytgan.

Lingiades va uning atrofidagi aholi punktlarida sodir etilgan qirg‘inda 88 nafar inson okkupatsiya qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan. Qurbonlar orasida 17 yoshga to‘lmagan 40 dan ortiq bola va o‘smirlar bo‘lgan. Ushbu fojia Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning Gretsiyani bosib olishi paytida sodir bo‘lgan. 2014 yilda o‘sha paytdagi Germaniya federal prezidenti Yoaxim Gauk Lingiadesga tashrif buyurib, qirg‘in yodgorligiga gulchambar qo‘ygan edi.

Ikkinchi jahon urushida Vermaxt tomonidan bosib olingan Gretsiya uzoq vaqtdan beri urush zararlari uchun tovon puli hamda bosqinchi hokimiyat tomonidan majburiy ravishda olingan kreditning qaytarilishini talab qilib keladi. Mamlakat hisob-kitoblariga ko‘ra, hisoblash usuliga qarab, gap 278 milliarddan 341 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdor haqida bormoqda.

Germaniya Gretsiyaning tovon puli talablarini rad etadi va bu masala huquqiy jihatdan yopilgan degan pozitsiyada turibdi. Germaniya federal hukumati bu o‘rinda 1990 yilda olmon birlashuvi munosabati bilan imzolangan “Ikki plyus to‘rt” shartnomasiga tayanadi – unda “boshqa hech qanday reparatsiyalar nazarda tutilmagani” aytilgan.

Shu bilan birga, ikki mamlakat huquqshunoslari va tarixchilari greklarning tovon puli olish huquqi bor-yo‘qligi borasida bir to‘xtamga kela olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karib havzasi va Afrika mamlakatlari Buyuk Britaniyadan qullik uchun tovon talab qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing