Gretsiya va Turkiya harbiy dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazmaydigan bo‘ldi
Olam
−
24 Oktabr 2020
3250Gretsiya va Turkiya o‘zaro keskinlikni kamaytirish maqsadida kelasi hafta O‘rta yer dengizi sharqida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan harbiy mashg‘ulotlarni bekor qildi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
“Men Gretsiya va Turkiya kelasi haftaga rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlarini bekor qilishga qaror qilganini tasdiqlashim mumkin. Bu juda ijobiy xabar va men bu qarorni mamnuniyat bilan qarshilayman”, deb aytgan Stoltenberg.
NATO rahbari ikki davlatga namoyish qilgan yondashuvi uchun tashakkur bildirgan.
“Bu noxushliklar yuz berishi xavfini kamaytirishga yordam beradi va Germaniya tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi hududiy nizolarni hal qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Stoltenberg.
Farrux Murodqulov
LiveBarchasi