Gretsiya Armanistonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Olam

image

Gretsiya Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolarni keskin kamaytirish bo‘yicha harakatlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi va odamlarning nobud bo‘layotganini qattiq qoraladi. Bu haqda Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan o‘rtasida 27 sentyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng ma’lum qilindi

“Mnatsakanyan bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Gretsiya va Armaniston o‘rtasidagi mustahkam aloqalar tasdiqlandi. Gretsiya Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolarni keskin kamaytirish bo‘yicha harakatlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi", deyilgan xabarda. 

Avvalroq, Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda Gretsiya Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida keskin vaziyat avj olganini alohida xavotir bilan kuzatayotgani aytilgan. Gretsiya "tomonlarni sabr-toqatli bo‘lishga, jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga va Minsk guruhi doirasida muzokaralar stoliga qaytishga" chaqirgani aytilgan edi. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, "nizolarni xalqaro qonunchilikka muvofiq, tinch yo‘l bilan hal etish mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka olib boradigan yagona yo‘ldir".

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tomoni ham Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikning oshishi O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otayotganini aytgandi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi,  butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib,Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Armaniston Qurolli Kuchlar Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing