Green Card berishda qattiqroq talablar qo‘yilishi mumkin

Olam

image

AQSH rasmiylari dushanba, 24 fevral kuni Green Card berishning yangi qoidalarini ishlab chiqish doirasida harakat boshlashlari mumkin. Bu haqida Oq uy Matbuot xizmati bayonotida ma’lum qilingan.

Yangi qoidalar davlat g‘amxo‘rligiga tayanadigan murojaatchilarga nisbatan qattiqroq talablarni ko‘zda tutadi.

"Ichki xavfsizlik vazirligi dushanba kuni yangi qonunlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin... Shunga ko‘ra, jamiyatimizning yangi a’zolari moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishlari kerak", deyiladi Oq uy bayonotida.

O‘tgan yilning oktyabr oyida federal sudya AQSH ma’muriyatining past daromadli immigrantlarga yashil karta yoki viza arizasini berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. Hukumat fikriga ko‘ra, bu AQSH soliq to‘lovchilariga og‘ir yuk bo‘lishi mumkin. Biroq ushbu qaror yuqori sud tomonidan bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Green Card

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing