Grammy mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Madaniyat-san’at

image

AQSH Milliy ovoz yozish san’ati va texnologiyalari akademiyasi seshanba kuni Grammy musiqiy mukofotiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Nomzodlarni e’lon qilish marosimi koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy shaklda o‘tkazildi va Grammy saytida namoyish qilindi. Nomzodlar 84 ta nominatsiya bo‘yicha e’lon qilindi. To‘rt nominatsiya – “Yil audioyozuvi”, “Yil qo‘shig‘i”, “Yil albomi” va “ Eng yaxshi yangi ijrochi” eng nufuzlilari hisoblanadi.

“Yil audioyozuvi”

AQSH Milliy ovozli yozuvlar san’ati va texnologiyalari akademiyasining “Yil audioyozuvi” yo‘nalishida qo‘shiqchilar Beyonse (Black Parade qo‘shig‘i bilan), Billi Aylish (Everything I Wanted), Doja Cat taxallusi bilan shuhrat qozongan reper Amala Dlamini (Say So), Megan Pit (Savage), Dua Lipa (Don't Start Now) mukofot uchun da’vogarlik qilyapti.

Bu nominatsiya bo‘yicha mukofot Black Pumas guruhiga (Colors qo‘shig‘i uchun), DaBaby taxallusi bilan ijod qiluvchi reper Jonatan Kirkka (Rockstar) va Ostin Postga (Circles) berilishi mumkin.

“Yil qo‘shig‘i”

“Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasiga da’vogarlar orasida ham Beyonse, Billi Aylish, Dua Lipa va Post Maloun ijrosidagi qo‘shiqlar ham bor. Ular birga birga mukofotga Teylor Sviftning Cardigan qo‘shig‘i, reper Roddi Richning The Box, kanadalik Jey-Pi Saks va amerikalik Julii Mayklzning If the World Was Ending hamda qo‘shiqchi H.E.R. (Gabriyella Uilson) ning afroamerikalik Jorj Floydga atab aytgan I Can't Breathe qo‘shig‘i nomzod bo‘lgan.

“Yil albomi”

“Yil albomi” nominatsiyasiga Black Pumas guruhi (Black Pumas albomi bilan), Coldplay guruhi (Everyday Life), Jene Ayko (Chilombo), Jeykob Koler (Djesse Vol.3) da’vogarlik qilyapti. Ularga Haim guruhi (Women in Music Pt. III albomi bilan), Dua Lipa (Future Nostalgia) Post Maloun (Hollywood's Bleeding), Teylor Svift (Folklore) raqimlik qiladi.

“Eng yaxshi yangi ijrochi”

“Eng yaxshi yangi ijrochi” nominatsiyasiga Fibi Brijers, Noa Sayrus, Ingrid Endress, Chika (asl ismi Jeyn Oranika), reper D Smoke (ismi Deniyel Farris), Dodja-Ket, Megan Ti Stellion va Kaytranada (Lui Selestin) da’vogarlik qiladi.

“Eng yaxshi audioalbom”

Amerikalik telejurnalist Reychel Maddovning “Kasallik: korrupsiyalashgan demokratiya, Rossiya chetlatilgan-davlat va dunyodagi eng boy, buzg‘unchi sanoat” audiokitobi “Eng yaxshi audioalbom” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Bu yo‘nalish bo‘yicha nomzodlar orasida Red Hot Chili Peppers rok guruhi bas gitaristi Maykl Piter Belzarning Acid for the Children - A Memoir kitobi, Ken Jenningsning Alex Trebek - the Answer Is... kitobi, jurnalist Ronan Ferrouning Catch and Kill kitobi va aktrisa Meril Stripning Charlotte's Web kitobi kiritilgan.

Grammy mukofotini topshirish marosimi AQSHning sharqiy sohili vaqti bo‘yicha 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Grammy

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing