Grammy nomzodlari e’lon qilindi 

Madaniyat-san’at

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining ovoz yozish akademiyasi tomonidan musiqa sanoatidagi yutuqlari uchun xonandalarga taqdim etiladigan Grammy mukofotining  2024 yil uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Grammy'ning rasmiy sahifasida xabar berildi. 

Unga ko‘ra, qo‘shiqchi SZA to‘qqizta, xonanda Viktoriya Mone esa yettita nominatsiyani egalladi. Ularning nomzodi “Yil rekordi” nominatsiyasiga taqdim etilgan. Shuningdek, Teylor Svift, Billi Aylish va Mayli Sayrusning nomzodi ham oltita nominatsiya uchun qo‘yilgan. 

Billi Aylishning “Barbi” filmidagi “Men nima uchun yaratilganman?” (“What I made for”) qo‘shig‘i yilning eng yaxshi qo‘shig‘i nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi.

Har yili mukofot nominatsiyalar sonini kengaytirib boradi. Bu yil ham ularning ro‘yxati 3 taga ko‘paydi : “Eng yaxshi Afrika musiqasi ijrosi”, “Eng yaxshi alternativ jaz albomi” va “Eng yaxshi pop raqsi”.

Birinchi turda ovoz berish 2023 yil 11 oktyabrdan 20 oktyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Yakuniy raund esa 2023 yil 14 dekabrdan kelasi yilning 4 yanvarigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Taqdirlash marosimi 2024 yil 4 fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Grammy'ning 66-taqdirlash marosimi bir nechta telekanal orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, Grammy albom sotuvi va reytingdagi o‘rinlardan qat’i nazar, badiiy muvaffaqiyat, texnik va umumiy mukammallikka e’tibor qaratadigan yagona musiqiy mukofotdir. Birinchi Grammy mukofotlarini topshirish marosimi  1959 yil 4 mayda bo‘lib o‘tgan. Kubokda zarhal grammofon tasvirlangani sabab mukofot  dastlab “Grammofon mukofotlari” deb nomlangan. Grammy mukofoti akademiya a’zolarining ovozi bilan aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida “Yil qo‘shig‘i” nominatsiyasi rep-duet Silc Sonic'ning “Leave The Door Open” qo‘shig‘iga nasib qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Grammy Teylor Svift nomzodlar SZA Viktoriya Mone Billi Aylish Mayli Sayrus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing