“Ekstremistlar hayotimizni boshqarishiga yo‘l qo‘yolmaymiz”. Billi Aylish saylovda kimga ovoz berishini aytdi

Olam

image

Amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylish va uning akasi Finneas O’Konnell o‘z tinglovchilarini AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Kamola Harrisni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Xonanda kecha, 17 sentyabr kuni Instagram'dagi sahifasida tegishli murojaat bilan videoni joylashtirdi.

Billi Aylishning aytishicha, u va uning akasi Kamola Harris va Tim Uolzga ovoz beradi, chunki ular reproduktiv erkinlik, “sayyoramiz va demokratiyamizni” himoya qilish uchun kurashadi.

“Biz ekstremistlar hayotimiz, erkinliklarimiz va kelajagimizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ularni to‘xtatishning yagona yo‘li – ovoz berish va Kamola Harrisni saylash”, deyiladi videoda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kamola Harrisni qo‘shiqchi Teylor Svift ham qo‘llab-quvvatlagandi. Instagram'dagi postida u AQSH vitse-prezidentini “iqtidorli yetakchi” deb atadi.

Keyinchalik prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Truth Social akkauntida “Teylor Sviftdan nafratlanishini” yozdi.

Trampni AQSHdagi prezidentlik saylovlarida, o‘z navbatida, biznesmen Ilon Mask, mashhur reper Lil Pump va boshqalar qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Billi Aylish Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing