Bayden ma’muriyatiga Ledi Gaga ham qo‘shildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 13 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden xonanda va aktrisa Ledi Gagani Oq uy huzuridagi San’at-madaniyat va gumanitar fanlar qo‘mitasiga hamrais etib tayinladi. Bu haqda Oq uy ma’muriyatining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Bayonotga ko‘ra, Gaga 13 ta “Grammy” mukofoti sohibasi bo‘lib, bu uni tarixdagi eng muvaffaqiyatli ayol musiqachilardan biriga aylantirgan. Oq uy bayonotida u “Forbes” jurnalining dunyoning eng nufuzli ayollari hamda “Time” jurnali talqiniga ko‘ra dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatlariga kiritilgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, Bayden amerikalik prodyuser Bryus Koenni ushbu qo‘mitaning yana bir hamraisi etib tayinlagan.

Ma’lumot uchun, Oq uy huzuridagi San’at-madaniyat va gumanitar fanlar qo‘mitasi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi Oq uy rahbariga madaniyat siyosati bo‘yicha tavsiyalar berishdir. U san’at va gumanitar fanlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatgan taniqli san’atkorlar, olimlar va xayriyachilardan iborat. Ushbu qo‘mita a’zolari shaxsan AQSH Prezidenti tomonidan tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Forbes Oq uy Jo Bayden Ledi Gaga Grammy Bryus Koen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing