Grammy mukofotlarining g‘oliblari aniqlandi
Madaniyat-san’at
−
20 noyabr 2023
381916 noyabr kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida 24-marotaba Latin Grammy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash birinchi marta Janubiy Amerikadan tashqarida o‘tkazildi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Yilning eng yaxshi va eng zamonaviy musiqiy albomi nominatsiyalari Karol G`ning “Mañana será bonito” to‘plamiga nasib qildi.
Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i va Eng yaxshi pop qo‘shiq nominatsiyalari esa argentinalik prodyuser Bizarrap'ga mashhur kolumbiyalik qo‘shiqchi bilan hamkorlikda ishlagan “Shakira: Bzrp Music Sessions, Vol. 53” qo‘shig‘i uchun taqdim etildi.
Marosimga taniqli xonanda Shakira ikki farzandi Milan va Sasha hamrohligida tashrif buyurdi va mukofotni bolalariga bag‘ishlamoqchi ekanligini aytdi.
“Chunki men ularga baxtli bo‘laman, deb va’da berganman”, deydi qo‘shiqchi.
Tarixdagi eng ko‘p Latin Grammy unvoniga ega bo‘lgan Nataliya Lafurkade bu yil ham mukofotdan quruq qolmadi. U Yil yozuvi nominatsiyasi bilan o‘zining rekordini yangiladi. Uning "De Todas las Flores" qo‘shig‘i Eng yaxshi qo‘shiqchi-qo‘shiq muallifi mukofotini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu taqdirlashdan so‘ng Lafurkadening Grammy mukofoti 17 taga yetdi.
Kechani 13 ta nominatsiya bilan boshlagan Edgar Barrera esa uchta mukofot bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Unga Yilning eng yaxshi bastakori (birinchi marta berilgan kategoriya), Yilning eng yaxshi prodyuseri va Eng yaxshi Meksika qo‘shig‘i mukofotlari nasib qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlarining ovoz yozish akademiyasi tomonidan musiqa sanoatidagi yutuqlari uchun xonandalarga taqdim etiladigan Grammy mukofotining 2024 yil uchun nomzodlari ro‘yxati e’lon qilingandi.