G‘oyibnazarov ringga qaytmoqda. U jahon chempioni bilan jang qiladi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oyibnazarov profboksdagi navbatdagi jangini rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Bo‘tayevga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, G‘oyibnazarov - Bo‘tayev jangi 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida tashkil etiladi. 

Butayev 2021-2022 yillar oralig‘ida WBA yo‘nalishi chempioni bo‘lgan. Ayni paytda u WBA reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Rajab Bo‘tayev o‘zbekistonlik boshqa bokschilar Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev va Isroil Madrimovning jamoadoshi hisoblanadi. Hisobida 14 g‘alaba (11 nokaut) va 1 mag‘lubiyat bor. Yagona mag‘lubiyatini o‘tgan yilning 16 aprel kuni o‘tkazgan ilk himoya jangida litvalik Eymantas Stanyonisdan qabul qilib olgan. 

32 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov profboksda 11 g‘alaba (6 nokaut) va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U 2019 yilda Maykl Foks bilan o‘tkazgan jangida yengilgandi. 2022 yilning 2 dekabr kuni esa “Humo” arenada boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etgandi. Bu uning hozircha so‘nggi jangi bo‘lib turibdi.    

Ta’kidlash joiz, Fazliddin Bo‘tayevga qarshi jang o‘tkazadigan uchinchi o‘zbek bokschisi bo‘ladi. Bunga qadar Rajab 2017 yilda Sherzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sochi mezbonligi profboks oqshomida o‘zbekistonlik yana bir charm qo‘lqop ustasi Hasanboy Do‘smatov ham ringga ko‘tarilishi xabar qilingandi. Do‘smatovga janubiy afrikalik bokschi raqib bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov Fazliddin G'oyibnazarov Fazliddin Bo'taev Sherzodbek Olimjonov Bahrombek Payozov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made