Gorbachyova omma oldida stilistini itarib yubordi
Madaniyat-san’at
−
19 dekabr 2023 19075 1 daqiqa
Rossiyalik taniqli aktrisa Irina Gorbachyova “Bremen musiqachilari” filmining premerasida uning sochlarini to‘g‘irlash uchun chiqqan stilistini itarib yubordi. Bu haqda “5 TV” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, aktrisa suratga tushish uchun qizil gilamga, jurnalistlar qarshisiga chiqqan. Birozdan so‘ng, uning stilisti bir quti soch laki bilan yugurib chiqqan va aktrisaning sochiga suyuqlik sepa boshlagan. Bu yulduzga yoqmagan va uni itarib yuborgan. Stilist Gorbachyovaning sochini tuzatishga bir necha marta uringan, ammo aktrisa buni istamaganidan so‘ng, maydondan chiqib ketgan. Aktrisa esa uni gilamdan “olib tashlashlarini” so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Irina Gorbachyova 1988 yil 10 aprelda Ukrainaning Donetsk viloyati, Mariupol shahrida tug‘ilgan. U ekranlarda birinchi marta Roman Prigunovning “Indigo” fantastik dramasi bilan ko‘rinish bera boshlagan. 2010 yilda Vera Storojevaning “Tovon” filmidagi roli uchun u 1-Transbaykal kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘lgan.