Begona qizning surati bilan “xayp” qilgan aktrisaga jinoyat işi oçildi (video)
3-sahifa
−
17:23 3395 3 daqiqa
Aktrisa Feruza Normatova ijtimoiy tarmoqda begona qizning suratidan foydalanib, uni turmuş örtoği bilan munosabatda bölayotganlikda aybladi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Mirobod tumanida yaşovçi fuqaro uning suratidan ijtimoiy tarmoqda ruxsatsiz foydalanilgani yuzasidan içki işlar organlariga murojaat qilgan. Aniqlanişiça, aktrisa begona qizning suratini öz profiliga joylaştirib, uni turmuş örtoği bilan munosabatda bölayotganlikda ayblagan. Şuningdek, videoda qizga nisbatan haqoratomuz fikrlar ham bildirgan.
Aslida esa suratdagi qiz uşbu oila va uning a’zolarini umuman tanimagan. Tarqalgan tuhmatli video sabab uning şaxsiy hayoti va kelajagi borasida jiddiy xavotirlar yuzaga kelgan.
“Istoriya”sida yigirma tört soat turgan, tört milliondan ortiq odam körgan. Uni “istoriya”sidan olib, hamma tarqatib yuborgan. Şuning uçun uyimga borolmayapman. Eri bilan heç qanday munosabatim yöq, körmaganman, bilmayman, tanimayman. Qonuniy çora körilişini sörayman. Bu narsa qolgan blogerlarga saboq bölsin, odamning şa’ni, qadr-qimmati bilan öynaşmasin”, deydi jabrlanuvçi.
Holatga oydinlik kiritiş maqsadida profil egasidan izoh söralganda, u qizni umuman tanimasligini va bu işni piar qiliş hamda obunaçilar sonini oşiriş uçun amalga oşirganini tan olgan. Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Yana bir holatda ijtimoiy tarmoqlarda taksi haydovçisi va ayol yölovçi örtasidagi janjal aks etgan video tarqalgan. Unda ayol avtomobilda qolib ketgan sumkasini oliş uçun qaytib kelib, içidagi pullar yöqolganini da’vo qilgan va haydovçini öğirlikda ayblagan. Oqibatda ular örtasida mojaro kelib çiqqan.
Biroq örganişlar davomida mazkur lavha er-xotin tomonidan oldindan kelişilgan holda sahnalaştirilgani aniqlangan. Ya’ni, tomoşabinlarga haqiqiy voqea sifatida taqdim etilgan mojaro aslida e’tibor jalb qiliş maqsadida uyuştirilgan.
Şuningdek, Yunusobod tumanidagi köp qavatli uylardan birining yölagida begona şaxslar piçoq bilan yurgani haqida video tarqalgan. Unda aholiga eşiklarni oçmaslik va ehtiyot böliş tavsiya qilingan. Bu esa fuqarolar orasida xavotir uyğotgan.
Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tezkor örganişlarda uç nafar şaxs aniqlangan. Tekşiruv davomida ularning bosqinçilik yoki öğirlikka aloqasi yöqligi, şunçaki adaşib qolgan yigitlar ekani ma’lum bölgan. Ularning qölida piçoq bölgani haqidagi ma’lumot ham tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Instagram’da Umr.Sham nomi bilan tanilgan bloger qotillik va ölim sahnasi aks etgan videoni suratga olib, tarqatgani uçun qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi