Lalaku yilning eng yaxshi brendi bo‘ldi
Biznes
−
20 may
505414 yil davomida gigiyenik maxsulotlari xaridorlar sinovidan o‘tgan va 2017-yilda Urta Osiyoda ilk trusikli taglik sifatida takdim kilingan Lalaku brendi bugun “Yil brendi 2023” ko‘rik tanlovida o‘z raqobatchilarini ortda qoldirib, Eng yaxshi taglik nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu tadbirga uni qo‘llab-quvvatlash uchun blogerlar Feruza Normatova, Dili.me (Dilshod Nazarov), Xanna (Xonzoda Qambarova) ham tashrif buyurdi.
Bu hali hammasi emas, tanlovning ikkinchi kuni Lalaku "Yil brendi 2023" birinchi ko‘rgazmasining sertifikatini ham qo‘lga kiritdi. Unda mahsulotlarga qiziqish bildirgan homiylar va xaridorlar ham ishtirok etdi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq dastlabki yilda 2,5 mingdan ortiq taglik ishlatadi. Bu uning kuniga kamida 18-20 soat “tagliklar”lar bilan himoyalanishini anglatadi. Ammo sotib olingan sifatsiz tagliklar bolaning terisiga zarar yetkazishini bilarmidingiz? Statistik tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 35 foiz yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tagliklar sabab terining zararlanishidan aziyat chekadi. Shu sababdan ham, Lalaku farzandingizning sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan holda yuqori sifatli tagliklarini taqdim etadi.
Kompaniya gigiyenik vositalar ishlab chiqarishda Amerika va Turkiyaning eng oliy navli xomashyolaridan foydalanadi. Bu xaridorlarga ekologik toza va sifatli mahsulot taqdim etishni ta’minlaydi.
Brend keng assortimentda tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, hozirgi kunga kelib “Lalaku”, “Yoyoki”, “Hopler”, “Peony”, “Monno”, “Enorme”, “Dielux”, “Sof gigiyenik” nomlari ostida 16 turdagi mahsulotlarni, jumladan, bolalar tagliklari, ayollar gigiyenik vositalari, kattalar uchun tagliklar, yuz niqoblari, nam salfetkalar, ayollar ko‘krak qistirmalari, ekologik toza saqlovchi qo‘ltiq osti yostiqchalarini ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, ota-onalar uchun Lalaku tagliklarining yangi ikkita turi “Lalaku Ekonom” hamda “Lalaku Premium” taqdim etildi. Premium toifadagi tagliklar mayinligi va yumshokligi bilan boshka xar kanday tagliklardan ajralib turadi. Chunki uning xomashyosi buyurtma asosida chet eldan olib kelinadi.
Kompaniyaning ko‘lami O‘zbekiston bilan chegaralanib qolmagan. U dunyoning yetakchi davlatlariga, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Belorussiyaga ham mahsulotlar eksport qilmoqda.
“2023 yilda erishgan yana bir yutug‘imiz Saudiya Arabistoniga eksportni yo‘lga qo‘yganimizdir. Bu ham katta natija. Barchaga ma’lumki, Saudiya Arabistoni hamma mahsulotni ham qabul qilmaydi. Bu doimiy sifatning ustida ishlaganimizning natijasi, deb bilaman”, deydi kompaniyaning Marketing bo‘limi boshlig‘i.
Farzandingiz uchun mahsulot tanlayotganingizda eng muhim jihatlardan biri sifat ekanligini unutmang! Lalaku sizga ham hamyonbop, ham sifatli tagliklarni taklif etish uchun izlanishdan to‘xtamaydi. Tanlovda adashmang!
LiveBarchasi