QALAMPIR.UZ “Yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandi
Biznes
−
22 may 2023
9263Joriy yilning 20 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Marketing uyushmasi hamkorlari va ekspertlari tomonidan hamda iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra “Yil brendi – 2022” VI mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2015 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan QALAMPIR.UZ internet nashri ushbu taqdirlash marosimida OAV, blogerlar, hamjamiyatlar, inflyuyenserlar nominatsiyasida “Yil brendi” deb tan olindi.
Mukofotni QALAMPIR.UZ internet nashri asoschisi – jurnalist Qamariddin Shayxov qabul qilib oldi.
“Yil brendi” mukofoti O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan sovrin bo‘lib, 2023 yilda oltinchi marta o‘tkazilmoqda. Unda o‘tgan yilda O‘zbekiston bozorida eng samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar mukofot bilan taqdirlanadilar.
Yilning eng yaxshi brendi 2022 mukofoti uchun joriy yilning aprel va may oylarida Telegram messenjeri orqali ochiq ovoz berish jarayonlari tashkil etildi. Unda 550 dan ortiq abonent ishtirok etgan. Ekspert ovoz berishda jami 203 nafar ekspert va Uyushma hamkorlari qatnashgan.
QALAMPIR.UZ internet nashri bugun O‘zbekistondagi eng top ommaviy axborot vositalari uchligiga kiradi. Saytimizda ko‘rishlar soni oyiga 8 millionni tashkil etadi. Instagram’dagi kuzatuvchilarimiz soni esa kundan kunga ortib, ayni vaqtda 3 million 350 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Facebook’dagi kuzatuvchilar esa 122 mingga yetgan. YouTube’da esa biz tayyorlagan ko‘rsatuv, reportaj, intervyu va surishtiruvlarni tomosha qilish uchun obuna bo‘lganlar 700 mingga yaqin. Telegram – eng ommabop maydon, undagi barcha kanallarimiz obunachilari 280 mingdan ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida QALAMPIR.UZ O‘zbekistondagi internet ommaviy axborot vositalari o‘rtasida so‘nggi ikki yilda barqaror rivojlanayotgan yagona internet nashri sifatida e’tirof etildi. Sayt foydalanuvchilari 2020 yildan buyon 4 baravarga ko‘paygan.
LiveBarchasi