Siberian Wellness “Yil brendi” deb topildi
Biznes
−
22 may
3433Izlanishdan va yangilik qilishdan charchashmaydigan Siberian Wellness kompaniyasi xaridorlar ishonchini yana bir bor oqladi. Gap shundaki, 18-19 may kunlari “MAKON Marketing Forum 2024” VI Xalqaro biznes forumi doirasida o‘tkazilgan tanlovda bir emas, ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar kompaniyaning insonlar salomatligi uchun yillar davomida amalga oshirgan ishlari va xaridorlar ishonchining yaqqol samarasidir.
Shuningdek, “Humo arena”da bo‘lib o‘tgan ushbu taqdirlash marosimida joriy, 2024 yildan boshlab ko‘rgazmalar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Yasatilgan stendlar ichida Siberian Wellness’ning platformasi o‘zgacha va yorqin ko‘rinishi bilan qatnashchilarning e’tiborini tortdi.
Ko‘rgazma davomida qiziqarli “omad g‘ildiragi” o‘yini o‘ynaldi. Unda mehmonlar ishtirok etdi va g‘ildirakni aylantirib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldi. Xususan, kompaniyaning sog‘lomlashtiruvchi va parfyumeriya mahsulotlari yutuq sifatida topshirildi.
Bu hali hammasi emas, tanlovning ikkinchi kuni Siberian Wellness "Yil brendi 2023" birinchi ko‘rgazmasining sertifikatini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu kunda ham “Omad g‘ildiragi” o‘ynaldi. Shuningdek, sovg‘alar seriyasidan erkaklar ham chetda qolgani yo‘q. Ular uchun ramziy kartalar o‘yini tashkil etildi.
Qayd etish joizki, Siberian Wellness birgina 2023 yilda biofaol qo‘shimchalar va oziq-ovqat mahsulotlarining 37 ta yangi turini taqdim etdi. Ular orasida mashhur “Ayollar salomatligi” seriyasi alohida e’tiborga loyiq. Chunki mutaxassislar nazorati ostida ishlab chiqilgan maxsus formulalar turli yoshdagi ayollar ehtiyojlarini inobatga olib, xalqaro tajribalarga asoslangan samarali yechimlarni taklif qiladi.
“Biz har bir mijoz va hamkorlarimizga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz, ularsiz bu g‘alabaga erishib bo‘lmas edi!” deydi Siberian Wellness vakili.
Kompaniya ushbu yutuqlar bilan cheklanib qolmaydi. Bundan keyin ham mamlakat aholisining salomatligi uchun yanada tabiiy va foydali mahsulotlarni taqdim etishda davom etadi.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring: uz.siberianhealth
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr