Rossiyalik aktrisa sahnada halok bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik aktrisa va teatr rejissyori Polina Menshix 19 noyabr kuni Ukrainaning Donbass shahrida sodir bo‘lgan otishma paytida sahnada vafot etdi. Bu haqda Menshix ishlagan “Portal” teatr-studiyasi xabar berdi.

Gap shundaki, Polina Menshix shu kuni Donbassdagi teatr sahnasida rol ijro etayotgandi. Ammo u chiqishi chog‘ida o‘q tegishi oqibatida halok bo‘ldi. 

Aktrisa 40 yoshda edi. U “So‘nggi sinov” fantastik musiqiy filmining rejissyori sifatida tanilgan. 

“Polina raqs va teatr bilan yashagan. Bu uning elementi edi. Guvohi bo‘lganingizdek, u o‘limigacha o‘z kasbiga sodiq qoldi”, deydi “So‘nggi sinov” truppasi vakillari rejissyorni xotirlab.

Teatrning ma’lum qilishicha, 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi sinov” konserti uning xotirasiga bag‘ishlanadi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning mahalliy nashrlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyada Raketa qo‘shinlari va artilleriya kunini nishonlash paytida hujum uyushtirgan. Aktrisa esa bu yerga ushbu kunga bag‘ishlangan konsert dasturida ishtirok etish uchun kelgandi. Manbaning bildirishicha, otishma paytida bitta raketa mashinalarni sindirib tashlagan, ikkinchisi esa san’atkorlar kiyinish xonasi va sahnani vayron qilgan.

 “Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi hodisa sabablarini aniqlaydi va barcha ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho beradi”, deya munosabat berdi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi ushbu fojiali holat yuzasidan. 

Ukraina mahalliy nashrlariga ko‘ra, hujum oqibatida 25 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, yana 100 ga yaqin odam jarohatlangan. Ammo ushbu ma’lumotlar hali Rossiya tomonidan rasman tasdiqlangani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Irina Kairatovna" guruhining konserti vaqtida mobilograf sahnada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina raketa Donbass hujum aktrisa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing