Gorbachyov qayerga dafn qilinishi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga, turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etiladi. Bu haqda TASS sobiq prezidentning yaqinlariga tayanib yozmoqda. 

Gorbachyov 30 avgust kuni 91 yoshida Moksvadagi Markaziy klinik shifoxonada vafot etdi. 

“Mixail Sergeyevich vasiyat qilganidek – Novodevichy qabristonida rafiqasi Raisa yoniga dafn etiladi”, deydi manba. 

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.

Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov

Baholaganlar

762

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing