Gorbachyov dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqdi
Bu qiziq
−
17 aprel 2020
25246Sobiq Ittifoqning sobiq Prezidenti Mixail Gorbachyov dunyoning barcha mamlakatlaridan harbiy xarajatlarini 10-15 foizga qisqartirishni va inson xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu mablag‘larni qayta taqsimlashni so‘radi. Bu haqda “Time” jurnali yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo mamlakatlari barcha odamlarni oziq-ovqat, suv, sog‘lom muhit va dori-darmonlar bilan ta’minlashga e’tibor qaratishlari kerak.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “agar hukumatlar qurol-yarog‘ poygasiga katta miqdordagi pul sarflashni davom ettirsa”, koronavirusning oldini olish borasida qilayotgan ishlarining barchasi behuda ketadi.
Sobiq Ittifoqning sobiq rahbari odamzodni qutqarish uchun “strategiya ishlab chiqish, reja tuzish, zaxira yaratish” kerakligini ta’kidladi. Gorbachyovga ko‘ra, buning uchun javobgarlikni barcha davlatlar rasmiylari o‘z zimmasiga olishlari zurar.
Shuningdek, u “vaziyat barqarorlashishi bilanoq” BMTning favqulodda sessiyasini chaqirishni so‘radi. Siyosatchining fikricha, dunyo kun tartibini butunlay qayta ko‘rib chiqish kerak. Harbiy byudjetlarni qisqartirish “bugun qilinadigan ishlarning eng minimumidir”, dedi Gorbachyov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya hamma uchun xavf tug‘diradi, shuning uchun hech kim uni yolg‘iz o‘zi yengib o‘tolmaydi.
LiveBarchasi