Google YouTube videoblogerlariga soliq solishni rejalashtirmoqda
Texnologiya
−
11 mart 2021
3815Amerikaning Google korporatsiyasi YouTube platformasida videolavhalar yaratuvchi butun dunyodagi videoblogerlarga soliq solishni rejalashtirmoqda. Tegishli ma’lumotlar korporatsiyaning texnik ko‘mak veb-saytida keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, Google 2021 yilning iyunidan soliq yig‘ishni boshlashi mumkin.
Bundan tashqari, joriy yilning 31 mayiga qadar barcha kontent mualliflari AdSense monetizatsiya xizmatiga kerakli ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
To‘g‘ri ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, korporatsiya butun dunyo foydalanuvchilari daromadlaridan 24 foizgacha to‘lov undirishi mumkin.
Kompaniya tegishli choralar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ichki daromad xizmati talablariga rioya qilish uchun zarurligini tushuntirgan.
LiveBarchasi