Google Isroil genotsidiga yordam bermoqda – WP

Olam

image

Google kompaniyasi Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum qilgan dastlabki haftalardan beri Isroil armiyasini eng ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlab kelmoqda. bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Google kompaniyasi Isroil harbiylariga hujjatlar va audio fayllarni qayta ishlash uchun sun’iy intellekt vositasi Gemini'dan foydalanish huquqini bergan.

“Isroil rejimining Google bilan hamkorligi o‘tgan yilning noyabr oyigacha davom etgan va G‘azo sektorining katta qismi Isroil hujumlari natijasida yer bilan yakson qilingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Google'ning 100 dan ortiq xodimlari kompaniyani Isroil armiyasi bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan, biroq Google bu talablarni e’tiborsiz qoldirgan.

Nashrning yozishicha, mavjud hujjatlar Isroil harbiylari Google tomonidan taqdim etilgan eng yangi sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanishda davom etayotganidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google'ning Gemini sun’iy intellekti foydalanuvchining savollaridan charchab, undan o‘zini o‘ldirishini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Google Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing