Google foydalanuvchilarni noqonuniy kuzatishda ayblanmoqda
Olam
−
12 noyabr 1792 1 daqiqa
Google kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Gemini yordamida noqonuniy ravishda yig‘ishda ayblanmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Google foydalanuvchilarining da’vo arizasida keltirilishicha, Alphabet Inc. kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida Gemini’ni yashirin tarzda Gmail, Chat va Meet ilovalariga ulab qo‘ygan. Bu esa sun’iy intellekt yordamchisiga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz yig‘ish imkonini bergan.
Qayd etilishicha, foydalanuvchi Gemini’ni o‘chirib qo‘yishi mumkin, biroq buning uchun Google’dagi maxfiylik sozlamalarini o‘zgartirish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Google foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqayotganini aniqlangani haqida xabar bergandi va zudlik bilan parollarni almashtirishni hamda “Google xodimlari” deb o‘zini tanishtirgan shaxslardan keladigan qo‘ng‘iroqlarga ishonmaslikni tavsiya qilgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr