Google foydalanuvchilarining millionlab ma’lumotlarini o‘chirib tashlaydi
Texnologiya
−
02 aprel
5571Google kompaniyasi Chrome brauzeridan foydalanadigan 136 milliondan ortiq AQSH aholisining shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan milliardlab foydalanuvchi faoliyati qaydlarini o‘chirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Gap shundaki, 2020 yil iyun oyida Google'ga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atilgandi. 2023 yil dekabr oyining oxirida da’vogarlar va korporatsiyani himoya qiluvchi advokatlar da’voni hal qilishga yordam beradigan kelishuvga erishilganini e’lon qildi.
Da’vogarlar Google'ni foydalanuvchilarning internet faolligini, hatto ular inkognito rejimida bo‘lsa ham kuzatishda davom etishda aybladi.
Da’voni mohiyatan ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayonlari Google advokatlarining sa’y-harakatlari tufayli boshlanmagandi, biroq 2023 yil avgustida sudya Ivon Gonsales Rojers korporatsiyaning ishni tugatish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanishiga sabab bo‘ldi.
“Rasmiy ravishda, sudlanuvchi va da’vogarlar o‘rtasidagi kelishuv shartlari birinchi tinglovlar bo‘lib o‘tadigan 30 iyuldan kechiktirmay tasdiqlanishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Hisob-kitob shartlariga ko‘ra, Google ma’lumotlar markazlaridan milliardlab yozuvlarni o‘chirishdan tashqari, inkognito rejimidan foydalanganda foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan maxfiylik darajasini aniqroq yetkazishi kerak.
Shuningdek, shartnoma kompaniyaning shaxsiy ma’lumotlar to‘plamini cheklash uchun mo‘ljallangan boshqa nazoratni ham o‘z ichiga oladi. Bunday holda, da’vogarlar hech qanday to‘lovlarni olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Telegram kanal mualliflari uchun monetizatsiyani ishga tushirgandi.
LiveBarchasi