Google eng ommabop emojini e’lon qildi

Bu qiziq

image

Yig‘layotgan yuz ko‘rinishidagi emoji 2025 yilda dunyodagi eng ommabop emojiga aylandi. Bu haqda Google ma’lumotlariga tayanib, “The New York Times” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, statistika Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan Gboard klaviaturasi orqali yuborilgan 665 millionta emojining anonim tanlanmasi asosida to‘plangan.

Top-3 talikka yig‘layotgan emojilarning uchta turi kirgan. Birinchi o‘rinni ko‘z yoshlari “shaloladek” oqayotgan yuz tasviri egallagan. Barcha emojilarning 6 foizdan ortig‘i ushbu emoji hissasiga to‘g‘ri keladi.

Keyingi o‘rinda kulgidan yig‘layotgan va yon tomonga egilgan yuz emojisi bormoqda. Kuchli kulgidan ko‘zidan yosh chiqayotgan klassik yuz tasviri esa kuchlik uchlikni yakunlab beradi.

Mutaxassislar, shuningdek, Reddit saytining o‘smirlarga bag‘ishlangan r/teenagers sabredditidagi emojilar ommabopligini ham tahlil qilgan. 2021 yilning oxiriga kelib, yig‘layotgan emoji peshqadamlikni bosh suyagi tasviriga boy bergan. Yoshlar undan “kulaverib o‘ldim” ma’nosida foydalanadi. Biroq ikki yil o‘tib, uning ishlatilishi keskin kamaygan.

“Ba’zi yoshlar umuman emojilardan voz kechmoqda – buning o‘rniga ular stikerlardan foydalanishmoqda. Stikerlar fotosuratlar yoki faqat muayyan muloqot doirasidagilarga tushunarli bo‘lgan mem va hazillar asosida shaxsiylashtirilgan tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Agar emojilar umumiy vizual tilga aylangan bo‘lsa, stikerlar buning aksini – faqat oila a’zolari yoki yaqin do‘stlargagina tushunarli bo‘lgan ichki hazillar tilini taklif etmoqda”, deb qayd etadi “The New York Times”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro hakamlar hay’ati ilk bor dunyodagi eng go‘zal so‘zni tanlagandi. Bu Yangi Zelandiyaning tub aholisi bo‘lmish maori xalqi tilidagi “kaytiakitanga” (kaitiakitanga) so‘zi bo‘lib, u o‘zbek va boshqa ko‘plab tillarda aniq muqobilga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing