Gollarga boy final. “Sevilya” Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi
Sport
−
22 avgust 2020 7284 1 daqiqa
Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” “Inter”ni qabul qildi. Uchrashuv Germaniyaning Kyoln shahridagi “Rayn-Energi” stadionida o‘tkazildi. O‘yin ispan klubining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hisobni o‘yinning 5-daqiqasida “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku ochdi. Gol penaltidan urildi. 7 daqiqa o‘tib, “Sevilya” forvardi Lyuk de Yong hisobni tenglashtirdi. 33-daqiqada de Yong dubl qayd etib, ispan klubini oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Diyego Godin hisobni tenglashtirdi. O‘yin taqdirini hal qilgan gol 74-daqiqada urildi. Unga “Sevilya” himoyachisi Diyego Karlos mualliflik qildi.
Shu tariqa “Sevilya” 2019-2020 mavsumda Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Ispan klubi bu mukofotni oltinchi marta qo‘lga kiritdi. Avvalroq “Sevilya” 2005/2006, 2006/2007, 2013/2014, 2014/2015, 2015/2016 yildagi mavsumlarda sovrinni yutib olgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr