UEFA Isroil klubi a’zolariga ruxsatsiz mehmonxonadan chiqishni taqiqladi

Sport

image

Isroilning “Makkabi Hayfa” futbolchilari, shuningdek, klub xodimlari Kiprdagi Yevropa ligasi o‘yini oldidan o‘ta muhum sabablarsiz mehmonxonani tark eta olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda “One” xabar berdi.

UEFA'ning Isroil jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazish qarori sababli “Makkabi”ning Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi bilan uy uchrashuvi Kiprga ko‘chirildi. 9 noyabr kuni Yevropa Ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda “Makkabi” Kiprda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Yaqin Sharqdagi voqealardan keyin Isroilni tark etgan xorijlik futbolchilar ham mashg‘ulotlarga qo‘shildi. UEFA qaroriga ko‘ra, futbolchilar va klub xodimlari mashg‘ulotlar va o‘yinga borishdan tashqari mehmonxonani ruxsatsiz tark etishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektoridagi voqealar sabab Isroil Misr va Marokashdagi diplomatik vakolatxonalarini evakuatsiya qilgan, Sundor aviakompaniyasi esa Turkiyani tark etishni xohlovchi isroilliklarga bepul reyslar taqdim etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Evropa Ligasi Makkabi Vilyarreal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing