Raneri Valverdega bergan qog‘ozida nima yozilganiga izoh berdi (video)

Sport

image

“Roma” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletik”ga qarshi o‘yindan so‘ng raqib ustozi Ernesto Valverdega bergan qog‘ozda telefon raqami yozilganini aytdi. 

“Men Valverdega tashrif qog‘ozimni berdim, chunki biz juda yaxshi do‘stmiz. Uning telefon raqamini yo‘qotib qo‘ygandim, shu sabab unga raqamimni yozib berdim. Ernesto bilan suhbatlashmoqchiman. U ko‘p o‘yinchilarni biladi, men undan ayrim ispaniyalik futbolchilar haqida maslahat so‘ramoqchi edim”, deydi Raneri.

Ma’lumot o‘rnida, Valverde murabbiylik faoliyati davomida “Atletik”dan tashqari, “Barselona”, “Espanol”, “Olimpiakos”, “Valensiya” kabi klublarda ishlagan. Mutaxassis, “Barselona” bilan ikki marta La Ligada zafar quchgan. “Atletik” bilan esa 2015 yilda Ispaniya Superkubogida va 2023/24 yilgi mavsumda Ispaniya kubogida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Ernesto Val'verde Evropa Ligasi Klaudio Ran'eri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing