AQSHda ham koronavirusdan qayta kasallanish holati qayd etildi
Olam
−
30 avgust 2020
7331AQSHda birinchi marta yangi koronavirus bilan qayta kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Internetda e’lon qilingan tadqiqot natijasida Nevada shtatining Rino shahrida yashovchi 25 yoshli yigit aprel oyida koronavirusga chalingan va kasallikni yengil formada o‘tkazgan. May oxirida esa u qayta kasallangan. Bu safar kasallik og‘irroq o‘tgan.
“Bu tadqiqot, ehtimol, qayta kasallanishga yorqin misol bo‘la oladi. Biz avvaldan bilganimizdek virusga qayta kasallanish mumkin. Chunki immunitet hech qachon 100 foiz bo‘lmaydi”, degan immunologiya va mikrobiologiya professori Kristian Anderson.
Qayta kasallanish holatlari dunyoning boshqa nuqtalarida ham yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Gonkong universiteti tadqiqotchilari 33 yoshli erkak qayta kasallangani haqida xabar bergan edik. U 4,5 oy avval koronavirusga chalingan, keyinroq esa virusning Yevropadagi shtammini yuqtirib olgan.
LiveBarchasi