“Spice” sotuvchilari ushlandi. Ular “mol”ni qozog‘istonlik blogerdan olgan

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 yanvar kuni IIBB JQB tezkor xodimlari hamda YHXB inspektorlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Shu kuni Chirchiq shahri "Intizor" ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan oq rangli Spark rusumli mashina to‘xtatilib, avtomashina haydovchisi R.Yu.ning hujjatlari tekshiriladi. Avtomobil saloni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. 

Jarayon davomida Spark saloni ichida 3 dona gugurt qutilarga qadoqlangan jami 12 gr “marihuana” giyohvandlik vositasi, 10 dona oq rangli qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan jami 6,2 gr “spice” sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. 

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi ushbu giyohvandlik vositalarini Chirchiq shahrida yashovchi o‘zining tanishlari er-xotin B.M. va A.X.lardan olganligi ma’lum qiladi.

“B.M. va A.X. larning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan tadbir natijasida, ular maxsus xaridorga 1 million 500 ming so‘m pul evaziga 9,2 gramm “spice” sintetik giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadonida bo‘lgan F. I. dan 1,10 va uyidan 5,46 gramm “spice” sintetik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan”, deyiladi xabarda.

Keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, B.M. ning xotini A.X. yuqorida keltirilgan 12 gramm marixuana va 20 grammdan ortiq “spice” sintetik giyohvandlik moddalarini Qozog‘istonlik bo‘lgan ijtimoiy tarmoq blogeridan olgan. U esa doimiy ravishda O‘zbekiston bojxona chegara maskanlaridan, maxsus tayyorlangan oyoq kiyimining poshnasiga (konteyner) yashirgan holda olib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Giyohvand moddalar

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing