Qozog‘istonda AQSHdan narkotik yetkazib berish kanali aniqlandi

Olam

image

Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xodimlari AQSHdan narkotik moddalar yetkazib berishni to‘xtatdi, aybdorlar esa turli xil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi. 

“Keyingi o‘tkazilgan tekshirish tadbirlari davomida davlat chegarasi orqali o‘ta yirik hajmda giyohvandlik vositalarini noqonuniy olib o‘tish va Telegram messenjeri orqali sotish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar aniqlanib, ulardan giyohvand moddalar: 705 gramm marixuana va 1266 gramm gashish topilib, olingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sud hukmiga ko‘ra, 7 nafar aybdor shaxs 3 yildan 16,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. 

Shu tariqa AQSHdan Qozog‘istonga giyohvand moddalar kontrabandasi kanali va Olmaotada narkotik moddalarni sotish bo‘yicha bir nechta Telegram sahifalari faoliyati to‘xtatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Giyohvand moddalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing