“Gitler haq ekan”. AQSHda Isroilni qoralagan o‘zbekistonlik bankir ishdan bo‘shatildi

Olam

image

Amerikaning Citibank banki o‘zbekistonlik Nozima Husaynovani Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan storisi  sabab ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “The Messenger” xabar berdi.

Gap shundaki, Nozima Husaynova Instagram storisida ijtimoiy huquq faoli Shon Kingning G‘azodagi shifoxona portlatilishida Isroilni ayblagan postini bo‘lishgan.

“G‘azodagi baptistlar shifoxonasi portlatilishi bilanoq Isroil ochiqchasiga bu uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi va buni shifoxona ichidagi “terrorchi”larni o‘ldirish uchun qilganini aytdi. Buni muvaffaqiyat deb atashdi. Tinch aholi qurbon bo‘lganini ko‘rsatadigan videolar paydo bo‘lishi bilan ular o‘z tvitini o‘chirdi va falastinliklar o‘zlarini portlatganini aytdi”, deyiladi Shon Kingning postida  

Nozima Husaynova esa postni bo‘lishar ekan uning tagiga “Gitler nega ularning hammasidan qutulmoqchi bo‘lgani endi ajablanarli emas”, degan matnini tabassumli emoji bilan qo‘shib qo‘ygan. 

Shundan so‘ng Husaynovaning storisidan olingan skrinshot X ijtimoiy tarmog‘idagi @StopAntisemitism sahifasida paydo bo‘ldi. Bu esa ko‘plab muhokamalar va tanqidlarga olib keldi.

25 yoshli Husaynova internetda katta repressiyaga sabab bo‘lganidan so‘ng Citibank uni ishdan bo‘shatdi. Chunki ko‘pchilik foydalanuvchilar uning ish beruvchisini "antisemitizmga chidash"i uchun boykot qilish bilan tahdid qilgan.

Bank matbuot kotibi izohlarni "qo‘zg‘olonli" deb baholadi va ularning bankdan nafratlanishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Nozima Husaynova Nyu-York shahri, Manxettenning quyi qismida joylashgan Citibank’ning Uoll strit filialida ishlagan. U 2021 yil iyun oyidan boshlab, CUNY Bruklin kollejini BBA – moliya bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lganidan so‘ng, darhol ishga joylashgan. 

“New York Post” nashriga ko‘ra, Nozima Husaynovaning LinkedIn’dagi o‘chirilgan sahifasida uning Citibank’dagi roli “mijozlarga sodiqlikni oshirish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirish” ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, “Glassdoor” ishga qabul qilish sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Nozima Husaynovaning boshlang‘ich darajasidagi Citibank xodimining o‘rtacha maoshi yiliga qariyb 75 000 dollarni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, Nozima Husaynovaning Instagram'da 4500 dan ortiq obunachisi bor. Ayni paytda u mashmashalar fonida Instagram'dagi sahifasini yopib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi.  Isroil tomoni shifoxonaga hujum uchun javobgarlikni  “Islomiy jihod” terroristik tashkilotiga yukladi. Falastin milliy ma’muriyati  raketa hujumida Isroil aybdor ekanligiga shubha qilmasligini bildirdi va Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan buni tergov qilishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo Nozima Husaynova Citybank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing