Gitanas Nauseda Litva Prezidenti etib qayta saylandi

Olam

image

Litvadagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi turda mamlakatning amaldagi Prezidenti, 60 yoshli Gitanas Nauseda g‘alaba qozondi. Bu haqda bugun, 27 may kuni Litva saylov komissiyasi xabar berdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, u 75 foizga yaqin ovoz to‘plamoqda.

Nausedaning ikkinchi davradagi raqibi, 49 yoshli Bosh vazir Ingrida Simonite allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan.

"Men Litvaning saylangan prezidentini tabriklayman", degan Bosh vazir.

Ikki hafta oldingi saylovlarning birinchi bosqichida Nauseda 44 foiz, Simonit 20 foiz ovoz olgan edi.

Prezidentlik poygasining asosiy mavzusi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari bo‘ldi. Nauseda Ukrainani Rossiya tajovuzidan himoya qilishda uning kuchli tarafdori sifatida nom qozondi.

Litva Prezidentining asosiy vakolatlari tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida. Nauseda, Simonite singari, Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining o‘zgarishi fonida Litvada besh minggacha askardan iborat Bundesver brigadasini tezroq joylashtirishni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Litva Gitanas Nauseda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made