Getjiga yangi raqib berildi
Sport
−
27 fevral 3529 1 daqiqa
Yengil vazn toifasi sobiq vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga UFC 313 turniri doirasida ozarbayjonlik Rafael Fiziyev raqib qilib berildi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shu yilning 9 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 313 turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirning “co main event”ida yengil vazn toifasi vakillari amerikalik Jastin Getji va yangi zelandiyalik Den Xuker oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo turnirga oz muddat qolganida Xuker jarohat oldi va jangda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Keyin esa matchmeykerlar Getjiga ozarbayjonlik jangchi Rafael Fiziyevni raqib qilib berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Getji va Fiziyev avval ham to‘qnash kelgan. Aniqrog‘i, 2023 yilda o‘tkazilgan UFC 286 turniri doirasida Jastin Getji Rafael Fiziyevni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.
Live
Barchasi