Dana Uayt Rossiyada UFC turnirini o‘tkazishga qarshi emas (video)
Sport
−
10 mart
2680UFC 313 turniri vaqtida rus yigit tashkilot prezidenti Dana Uaytga Rossiyada turnir o‘tkazish taklifini berdi. Uayt esa buning uchun Rossiya va AQSH rahbarlari o‘zaro kelishib olishi kerakligini aytdi.
Kecha, 9 mart kuni AQSHda UFC 313 turniri bo‘lib o‘tdi va jarayon vaqtida rus yigit tashkilot prezidenti Dana Uaytni to‘xtatib, unga Rossiyada turnir o‘tkazish taklifini berdi.
“Dana Rossiyada, Sankt-Peterburg yoki Moskvada turnir o‘tkazishga nima deysan?”, dedi u.
Dana Uayt esa taklifni qabul qildi va turnirni Rossiyada o‘tkazish uchun AQSH va Rossiya rahbarlari o‘zaro kelishib olishlari kerakligini aytdi.
“Rossiya va AQSH rahbarlari o‘zaro kelishib olsagina, biz bu ishni amalga oshirishga harakat qilamiz”, deydi Uayt.
Ma’lumot o‘rnida, ilk marta 2018 yilning 15 sentyabrida Rossiyada UFC turnirini o‘tkazgan. Ushbu turnir mamlakat poytaxti Moskvada joylashgan “Olimpiyskiy” arenasida bo‘lib o‘tgan. 2019 yilning 9 noyabrida esa promoushen Rossiyada ikkinchi turnirini o‘tkazgan. 2022 yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgani sababli UFC u yerda turnir o‘tkazmay kelmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

