Tramp UFC jangchilari bilan uchrashdi
Sport
−
08 may 3245 1 daqiqa
Yaqinlashib kelayotgan UFC Oq uy turniri ishtirokchilari – Aleks Pereyra, Iliya Topuriya, Jastin Getji va Siril Gan AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Oval kabinetda uchrashdi. Bu haqda USA Today xabar berdi.
“Parkning narigi tomonidagi hududga taxminan 75 mingdan 100 minggacha tomoshabin sig‘adi. Chiptalar bepul bo‘ladi. Tashkilotchilar sakkizta ulkan ekran o‘rnatib, janglarni jonli namoyish qiladi. Shuningdek, Oq uy oldidagi maysazorda tomoshabinlar uchun 4 mingta o‘rindiq tayyorlanadi”, deydi Tramp matbuot anjumanida.
Avvalroq, Donald Tramp AQSHning 250 yilligi munosabati bilan Oq uy hududida UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tadbir AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi imzolanishining 250 yil bag‘ishlanadi. Turnir joriy yilning 14 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aynan shu kuni Tramp 80 yoshni qarshi oladi.
Turnirning asosiy jangida UFC yengil vazn toifasi chempioni, ispaniyalik Iliya Topuriya o‘z kamarini amerikalik Jastin Getjiga qarshi himoya qiladi.