Germaniyalik velosportchisi kiyik bilan to‘qnashuvdan so‘ng vafot etdi

Sport

image

Germaniyalik velosportchisi Maks Rize 36 yoshida Avstriya chegarasi yaqinida kiyik bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Der Spiegel” jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol haydovchi sportchini yo‘lning o‘rtasida og‘ir jarohatlangan holda topgan. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari va qutqaruv vertolyoti tezkorlik bilan yetib kelganiga qaramay, Rize olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Manbaga ko‘ra, hodisa joriy yilning 15 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Politsiya hodisa joyida kiyik bilan to‘qnashuv sodir bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillarni aniqlagan.

Xabarlarga ko‘ra, Rize mashg‘ulot o‘tkazayotgan vaqtda yo‘lda yugurib chiqqan kiyik bilan to‘qnashib ketgan. Sud-tibbiy ekspertlar ham hodisa joyida hayvon bilan to‘qnashuv sodir bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillarni aniqlagan.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Rize joriy yilning avgust oyi oxirida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Silk Way musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallagan. May oyida esa Gretsiyadagi tog‘ ultramarafonida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing