Germaniyalik sportchi qiz Xolandni yugurish poygasida mag‘lub etmoqchi

Sport

image

Germaniyalik mashhur sportchi Alisa Shmidt Angliyaning “Manchester Siti” klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland bilan yugurish musobaqasida bahs olib bormoqchi. Bu haqda yengil atletikachi “Dagbladet”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“400 metrga yugurishda men Erlingdan ustun kelishim mumkin, biroq 200 metrda bu vazifani uddalash qiyin bo‘ladi. Xolandga qarshi bahs olib borishni juda xohlardim. Ehtimol, men unga taklifnoma yuborishim kerakdir. Xoland, agar sen men bilan bahslashishga tayyor bo‘lsang, qaysi birimiz tezkorroq ekanligimizni tekshirib ko‘ramiz”, deydi Shmidt.

Shmidt 2020 yilda Dortmundning “Borussiya” klubining fitnes murabbiyi bo‘lib ishlagan. U tez-tez futbolchilar bilan sprinterlik poygalarida qatnashib turadi. Hatto Germaniya terma jamoasining markaziy himoyachisi Mats Xummels bilan 400 metr masofaga o‘tkazilgan poygada futbolchini mag‘lub etgan.

19 avgust kuni germaniyalik sportchi jamoasi tarkibida Budapeshtda o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining 4x400 m estafetasida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Erling Xoland Alisa Shmidt Mats Xummel's

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing