Germaniyalik Xelga Shmid YeXHTning yangi Bosh kotibi bo‘ladi

Olam

image

Yevropa tashqi harakatlar xizmati Bosh kotibi germaniyalik Xelga Mariya Shmid Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT) yangi Bosh kotibi bo‘ladi. Bu haqda “Presse” gazetasi diplomatik manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, YeXHTga a’zo davlatlar vakillari kecha, 1 dekabr kuni kechqurun yopiq tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Albaniya tomonidan YeXHTning amaldagi raisi sifatida taklif qilingan nomzodlar bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Rasmiy qaror YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashida qabul qilinadi. Kengash 3 dan 4 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Ammo yig‘ilish koronavirus pandemiyasi tufayli birinchi marta onlayn rejimda o‘tkaziladi.

Shmiddan tashqari, Ruminiyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Kristian Dyakonesku ham YeXHT Bosh kotibi lavozimiga da’vogarlik qilgan.

Shuningdek, Vazirlar Kengashining onlayn yig‘ilishida YeXHTga a’zo 57 davlat YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro rahbari lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

EXHT Xel'ga Shmid

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing