Germaniyaga ishlashga yuborilgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar sarson yurgani aytilmoqda (video)
3-sahifa
−
30 iyun 2023
15669Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, "Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi" mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari o‘zlariga tanish bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023 yilning may-iyun oylarida Work and Travel dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jo‘natgan. Ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni ish bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinadi va natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
Shu o‘rinda vazirlik fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bilan shug‘ullanish litsenziya talab etadigan faoliyat turi hisoblanishini eslatib o‘tib, bugungi kunda 9 ta xususiy bandlik agentligi litsenziyaga egaligini ma’lum qilgan.
Vazirlik e’lon qilgan ro‘yxatda keltirilishicha, "Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJga litsenziya 2020 yil 25 noyabrda berilgan. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu litsenziyaning amal qilish muddati 2022 yil 10 iyunda vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgan,
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning NoVo Agency tashkiloti hamkorligida Work and Travel dasturi doirasida joriy yilda 310 nafar talaba Germaniyaga yetib borib, ishga joylashgan va yana 39 nafarining viza olishi kutilmoqda. Ushbu talabalar tomonidan bugungi kunga qadar murojaat kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugun, 30 iyun – Yoshlar kuni nishonlanmoqda.
LiveBarchasi
29 Oktabr