Germaniyadagi saylovlarda Merkelning partiyasi yetakchilik qilishi kutilmoqda

Olam 1427
image

Germaniya kansleri Angela Merkelning partiyasi — Xristian Demokratik Ittifoqi Germaniyaning ARD telekanali tomonidan o‘tkazilgan  natijalariga ko‘ra, Saksoniya-Anxalt federal shtatida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda.

Telekanalning hisob-kitoblariga ko‘ra, partiya saylovlarda 36 foiz ovoz olishi mumkin, bu saylovlarda partiyaning asosiy raqibi — “Germaniya uchun alternativa” o‘ng qanotining 22,5 foiz ovoz olishi taxmin qilinmoqda. Uchinchi o‘rinda 11foiz ovoz bilan “chap”lar, 8,5 foiz bilan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi joylashgan.

Taxminlarga ko‘ra, yaqinda federal darajada juda mashhur bo‘lgan Yashillar ushbu Sharqiy Germaniya shtatida 6,5 foiz ovoz oladi. Shuningdek, Germaniyaning Erkin Demokratik partiyasi parlamentdagi o‘rinlarga da’vogarlik qilishi mumkin, ularning ham 6,5 foiz ovoz to‘plashi kutilmoqda.

Hozirgacha Saksoniya-Anxalt Bosh vaziri Xristian Demokratik Ittifoqi partiyasi vakili Rayner Xazelxov edi, uning partiyasi sotsial-demokratlar va Yashillar bilan birgalikda hukmron koalitsiya hosil qilgandi.

Ma’lumot uchun, Bundestagga saylovlar 26 sentyabrda bo‘lib o‘tadi, kansler Merkel ushbu saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatmaydi, uning o‘rniga partiya Armin Lashetni kansler lavozimiga taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zi bilan Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida ish bo‘yicha yaxshi aloqalar mavjudligi haqida gapirib, Merkel siyosatdan ketsa, uni sog‘inib qolishini ma’lum qilgandi. 

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 28
Reyting: 3.1
Teglar
t
×