Germaniyadagi kimyoviy zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Germaniyaning Leverkuzen shahridagi Bayer kimyoviy zavodida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda WDR teleradiokompaniyasi xabar bergan.  

Xabarda aytilishicha, portlash bugun, 27 iyul kuni ertalab sodir bo‘lgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, kimyoviy zavodi hududida katta tutun ustunlari ko‘tarilgan. Mahalliy aholi deraza va eshiklarini mahkam yopib, ko‘chaga chiqmaslik haqida ogohlantirilgan. Politsiya zavod atrofidagi yo‘llarni ham to‘sib qo‘ygan. 

Ta’kidlanishicha, portlash chiqindilar yoqib yuboriladigan sanoat maydonchasi hududida sodir bo‘lgan, bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. 

Politsiya bir nechta qurbonlar haqida xabar bergan va aholidan favqulodda vaziyatlar avtomobillarining o‘tishiga xalaqit bermaslik uchun juda zarur bo‘lmasa, mashinalarda ketmaslikni so‘ragan. 

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida kamida ikki kishi jiddiy jarohat olgan, yana besh kishi bedarak yo‘qolgan. 

Qayd etilishicha, politsiya shaharning g‘arbiy qismida avtomagistralni to‘liq yopgan, kimyoviy zavodga tutash hududdan quruvchilar va boshqa xodimlar evakuatsiya qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya portlash

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing