Germaniyada zavoddagi portlashda necha kishi halok bo‘lganiga aniqlik kiritildi
Olam
−
28 iyul 2021
6218Avvalroq, Germaniyaning Leverkuzen shahridagi Bayer kimyoviy zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Portlashda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, undan keyin sodir bo‘lgan yong‘in natijasida esa 31 kishi jarohat olgan. Yana besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
“Afsuski, ularni tirik holda topishga bo‘lgan umid tobora yo‘qolib bormoqda”, degan zavod vakili Lars Fridrix.
Ta’kidlanishicha, aholi deraza va eshiklarni yopish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar to‘rt soat davomida yong‘inni o‘chirgan.
Shahar rasmiylari odamlarni yaqin kunlarda bolalarning tashqarida o‘ynashiga, ochiq hovuzlardan foydalanishiga va o‘z hovlisidan meva-sabzavot iste’mol qilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirgan. Qayd etilishicha, mutaxassislar bir necha kundan keyingina portlashdan kelib chiqadigan qurumning qanchalik zaharli ekanini aniqlay oladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash erituvchi saqlanadigan idishlarda sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi