Germaniyada Tramp bakteriyaga qiyoslandi
Olam
−
18 may 2020
6329Germaniya deputati, SPD fraksiyasining rahbari Rolf Myutsenix AQSH Prezidenti Donald Trampni uning NATOga zararli ta’siri sabab bakteriyaga qiyosladi. Bu haqda “Bild“ nashri xabar berdi.
Myutsenixning so‘zlariga ko‘ra, Tramp yevropaliklarni dushman sifatida ko‘radi. Shu sabab u NATOga bosim o‘tkazishga harakat qiladi.
“Yevropaliklarni dushman sifatida ko‘radi. Tramp ittifoq uchun bakteriyadek gap“, deydi deputat.
Bundan tashqari, Myutsenix Tramp ma’muriyatining yangi yadro strategiyasi xavfli ekanligini ta’kidladi. Chunki u AQSH taktik yadro qurolidan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Avvalroq, AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama Trampning koronavirus fonidagi harakatlarini tanqid qilgan edi.
LiveBarchasi