Tramp nima qilayotganini bilmaydi — Obama
Olam
−
17 may 2020
15743Koronavirus pandemiyasi AQSH rahbariyati o‘z harakatlarining oqibatlari haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, AQSHning sobiq prezidenti bu haqda o‘rta maktab bitiruvchilariga videomurojaatda aytgan. Obamaning aytishicha, pandemiya davrida ko‘pgina rahbarlar nima qilayotganlaridan xabardor emas. Shu jumladan, AQSH Prezidenti Tramp ham.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyatining ba’zi vakillari hozirgi vaziyatda biron bir narsa uchun javobgarlikni his qilishmayapti. Shu bilan birga, “The New York Times“ gazetasi Obamaning murojaatini AQSH Prezidenti Donald Trampga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan oldin hujum qilishga urinish sifatida baholadi.
"Washington Post", bir hafta oldin Amerika rahbarining maslahatchilaridan olingan manbalarga tayanib, Tramp haqiqatan ham kuzda mutaxassislar kutgan koronavirusning ikkinchi tarqalishi uning obro‘yiga putur yetkazishi va noyabrdagi saylovlarda qayta saylanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini aytdi. Tramp hamma narsa birdan qanday o‘zgarganini tushunish uchun harakat qilmoqda. Ayniqsa hali prezident bo‘lmagan Jo Baydenga nisbatan reytingi tushib ketganidan xavotirda. Davlat rahbarining maslahatchilariga ko‘ra, sobiq vitse-prezident Bayden hatto respublikachilarning saylovoldi kampaniyasi o‘tkazgan so‘rovlarda ham Trampdan oldinda.