Germaniyada toshqin qurbonlari soni yana ortdi. Merkel vayron bo‘lgan joylarga bordi

Olam

image
Germaniyadagi toshqin: qurbonlar soni soat sayin ortmoqda  north_east

Germaniyadagi toshqin: qurbonlar soni soat sayin ortmoqda 

Germaniyaning g‘arbiy qismida toshqinlar tufayli halok bo‘lganlar soni kamida 164 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda “Focus” onlayn jurnali xabar bergan.  

Koblens shahri politsiyasi Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, kamida 749 kishi jarohat olgan. 

Shu bilan birga, Reynland-Pfals shtatidagi Altenar jamoatchiligi meri Korneliya Veygand to‘fon tufayli jiddiy zarar ko‘rgan kommunada uzoq vaqt davomida ichimlik suvi bo‘lmasligidan xavotirlangan. 

“Ba’zi joylarda bir necha hafta yoki hatto oylar davomida ichimlik suvi yetishmasligi mumkin”, degan Veygand. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning toshqinlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlariga tashrif buyurgan. U Reynland-Pfals federal shtatidagi Arvayler tumaniga kelib, u yerda jarohatlanganlar va favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan suhbatlashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, G‘arbiy Yevropada so‘nggi 20 yil ichidagi eng katta toshqin  sodir bo‘ldi. Germaniyadan tashqari, Belgiya va Niderlandiya ham zarar ko‘rdi. Kuchli yomg‘irlar Avstriya, Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniyani qamrab oldi. 

Avvalroq, Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida joylashgan Xyukesvagen shahridagi korxonalardan birida toshqinlar tufayli neft va neft mahsulotlari to‘kilib ketgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya toshqin

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing