Germaniyada “Tolibon” vakili qatnashgan tadbirdan so‘ng janjal chiqdi

Olam

image

“Tolibon” harakati vakili Kyolnda (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) diniy tadbirda ishtirok etib, unda nutq so‘zlagani Germaniyada shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi

Ommaga e’lon qilinmagan voqea 16 noyabr kuni kechqurun Kyolndagi masjidda bo‘lib o‘tgan. Gazetaning qayd etishicha, “Tolibon”ga qarashli oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining yuqori martabali amaldori u yerda yig‘ilgan afg‘on muhojirlari bilan gaplashgan. U tashviqot tarqatgan va “Tolibon” uchun xayriya yig‘gan.

"Biz Kyolndagi ushbu nutqni keskin qoralaymiz. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bizning viza markazlarimizdan hech biri unga viza bermagan", deya izoh bergan Germaniya TIV voqeaga. 

Ichki ishlar vazirligi va Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi ham bu tashrif haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligiga ishontirgan.

“Germaniya uchun muqobil” muxolifat partiyasi esa fursatdan foydalanib, hokimiyatning migratsiya siyosatini yana bir bor tanqid qilgan. U Tashqi ishlar vazirligining bayonotini "soxta" deb atagan va “Tolibon” amaldoriga migrantlar oilasini birlashtirish dasturi doirasida respublikaga kirishini “taklif qilgan”.

Ma’lumot uchun, Germaniyada “Tolibon” vakili Shengen vizasidan foydalanishi mumkin, agar uning o‘zi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing