Germaniyada temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun yo‘lovchilarga 197 mln yevro to‘ladi

Olam

image

Germaniyaning Deutsche Bahn temiryo‘l operatori 2024 yilda kechikishlar va bekor qilingan reyslar uchun yo‘lovchilarga 197 million yevro (214 million dollar) miqdorida kompensatsiya to‘ladi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil davomida kechikishlar bo‘yicha 6,9 million ariza berilgan. 2023 yilda 5,6 million ariza asosida 132,8 million yevro to‘langan edi.

“Agar poyezd kechiksa va yo‘lovchilar kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lsa, biz uni qarshiliksiz to‘laymiz. Yuzaga kelgan uzoq davom etgan kechikishlar esa katta kompensatsiya to‘lovlariga olib keladi”, degan kompaniya vakili nashr suhbatda.

Deutsche Bahn ma’lumotlariga ko‘ra, kechikishlarning 80 foizi eskirgan va ortiqcha yuklangan infratuzilma tufayli yuzaga kelgan. O‘tgan yili uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarning uchdan biri o‘z manziliga o‘z vaqtida yetib bormagan.

“Shundan 37,5 foiz kechikish 5 soat 59 minutdan oshgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi 21 yil ichida eng yomon natija bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya vakili, shuningdek, ta’mirlash ishlari davom etayotganini ta’kidlagan. 2027 yilning oxiriga qadar kompaniya ekspress-poyezdlarining o‘z vaqtida yetib borish darajasini 75 foizdan 80 foizgacha oshirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning 13 ta aeroportida xodimlarning bir kunlik ogohlantiruvchi ish tashlashi boshlangandi. Oqibatda 3 ming 400 dan ortiq reys bekor qilinishi va taxminan 510 ming yo‘lovchi zarar ko‘rishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing