Germaniyada otishma. Olti kishi halok bo‘ldi
Olam
−
24 yanvar 2020
5442Germaniya politsiyasi mamlakat janubi-g‘arbida otishma sodir bo‘lganini, jabrlanganlar borligini, halok bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Rot-am-Zeyeda katta politsiya uchastkasi bor. Otishma o‘sha yerda sodir bo‘lgan. Binoda yaralanganlar bor. Halok bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkin. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan”, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya.
OAV halok bo‘lganlar soni olti kishi ekanligini ta’kidlamoqda. Keyinchalik politsiya ham bu xabarni tasdiqladi. Yaralanganlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Voqea Baden-Vyurtemberg federal yerida sodir bo‘lgan.
Keyinchalik Baden-Vyurtemberg politsiyasi matbuot kotibi David Ebertning ma’lum qilishicha, bu terakt emas. Otishmaga oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.
“Terakt alomatlari mavjud emas”, degan u OAV vakillariga.
LiveBarchasi