Germaniyada NATO mashg‘ulotlari boshlandi. Bu Rossiya uchun “signalmi”?
Olam
−
12 iyun 2023
757412 iyun kuni Germaniyada NATO havo kuchlarining Sovuq urush tugaganidan beri eng katta havo mudofaasi mashqlari boshlandi. Siyosiy tahlilchilar tomonidan NATOning bunday yurishi Rossiya uchun “signal” ekani aytilmoqda. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti katta ilmiy xodimi Aleksandr Kamkin havo mudofaasini Ukrainada davom etayotgan mojaro kontekstida Rossiyaga “signal” deb atadi.
“Bu Rossiya uchun signal, ayniqsa, Ukrainadagi vaziyat kontekstida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Men bu harakatlarni Rossiyaga qarshi qaratilgan demarsh deb aniq ayta olaman”, deydi siyosatshunos.
Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining Yevropa instituti Yevropa xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Danilov mashqlarda “misli ko‘rilmagan katta miqdordagi aviatsiya texnikasi” ish olib borishini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, 12-23 iyun kunlari Germaniyada Air defender-23 mashqlari bo‘lib o‘tadi. Ularda Yevropa va AQSHdan bir necha ming askar ishtirok etadi, ular mashg‘ulotlar davomida 240 ta samolyotni havoga ko‘taradi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yeridagi Vunstorf aviabazasi yaqinida NATOning 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Air Defender 23 mashqlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi